Joriy yilning 1-may dan 15- mayga qadar koreyalik mutaxasis, Green Cross Laboratoriesning yetakchi olimi, professor No Von Pak tomonidan filialning professor-o‘qituvchilari hamda klinik ordinatorlari uchun mahorat darslar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. TTA Termiz filiali tomonidan tashkillashtiralgan 2 xaftalik ginekologik sitologik surtmalarni o‘qish va sitologiya surtmalarni tayyorlash bo‘yicha seminar treningda nafaqat ginekologik , balki noginekologik sitologiyada ham dars olib boriladi. Ushbu seminar treningda qatnashishni istaganlar quyidagi raqamga murojaat qilishlari mumkin.