O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 22 aprel № 130 sonli buyrug‘iga asosan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini magistratura va klinik ordinatura ta’lim dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida o’qitishga yuborish bo’yicha TTA TF tanlov e‘lon qiladi.
Tanlov mezonlari.
Birinchi bosqich
- Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bitiruvchisi
- Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo’lishi
- Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro yoki milliy sertifikatga ega emas, biroq ingliz tilida mustaqil so’zlasha oladi
- Kompyuter texnikalaridan mukammal foydalana olishi (microsoft word, excel, power point ko’nikmalariga ega bo’lishi)
- Kompyuter texnikalaridan minimal foydalana olishi (microsoft word ko’nikmasiga ega bo’lishi)
- Ilmiy ishlarda ishtirok etishi
- Tibbiy amaliy ishlarda ishtirok etishi
- Yo’nalishlar bo’yicha konferensiyalarda qatnashishi
- Yo’nalishlar bo’yicha tanlovlarda qatnashishi 1
Eslatma:
Birinchi bosqich yakuni bo’yicha eng yuqori ball 15 ballni tashkil etadi. ikkinchi bosqich — komissiya suhbatiga birinchi bosqichdan 8 va undan yuqori ballni egallagan nomzodlarga ruxsat etiladi.
Ikkinchi bosqich Suhbat davomida nomzodga 3 ta yo’nalish bo’ycha savol beriladi.
- O’zbekiston tarixi va Tibbiyot tarixi to’g’risida
- O’zbekiston sog’liqni saqlashning amaldagi tizimi va 2017-yildan keyingi olib borilayotgan islohotlar to’g’risida;
- Xalqaro tibbiyot to’g’risida; Har bir savolga ko’pi bilan 3 ball beriladi. Ikkinchi bosqich yakuni bo’yicha eng ko’p 9 ballni tashkil etadi.
Tanlov yakuni bo’yicha eng yuqori ball 24 ni tashkil etadi.
Tanlov yakuni bo’yicha to’plangan ballarning miqdoriga, ya’ni kamayib borishi tartibida ro’yxat shakllantiriladi.
Mazkur ro’yxatdagi dastlabki bitiruvchi magistratura va klinik ordinatura ta’lim dasturlari asosida xorijiy davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari va markazlariga o’qishga yuboriladi.
Magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida o’qitish mablag’larini Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirish kerakligi belgilangan.
Qabul muddati: 01.05.2024 yilgacha.
Ma’lumot uchun: Ilmiy bo‘limga murojaat qilishlaringiz mumkin.