Cho‘milish kishiga g‘ayrat va shijoat baxsh etadi yoz mavsumi kelgach, kunning issiq harorati kishining cho‘milishga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi.
Shu sababli nafaqat kichik yoshdagilar, balki yoshi katta kishilarni ham suzish havzalarida uchratamiz. Cho‘milish masalasida doimo hushyor bo‘lish cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarning oldini oladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ishlar boshqarmasi, yong‘in xavfsizligi instruktori tomonidan filialda yoz mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvda cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlar hamda daryo, kanal, soylar va boshqa cho‘milish taqiqlangan hududlar to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.