You are currently viewing TTATF talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi.

TTATF talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning fevral-may oylarida «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovning Respublika bosqichida TTA Termiz filiali 2-son davolash fakulteti 304 – guruh talabasi Toshniyozov Hasan Berdiyor oʻgʻli o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

TTATF talabasi Toshniyozov Hasan Berdiyor oʻgʻlining bundan keyingi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.