You are currently viewing Xitoy – O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati madaniyati haftaligi

Xitoy – O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati madaniyati haftaligi

Joriy yilning 3-iyun kuni Toshkent shahrida Xitoy – O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati madaniyati haftaligi o‘z ishini boshladi.

Xalq tabobati madaniyatini rivojlantirish – umumiy sa’y harakatlar bilan Xitoy va O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish hamda bu borada hamjamiyatlar tashkil etish masalalariga qaratilgan haftalikda Respublikamiz hamda Xitoyning bir qator tibbiyot muassasalari va birlashmalari ishtirok etdi.

Shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich ham ochilishda ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda tashkil etilgan bu anjumanning ahamiyati haqida ta’kidlab, barchani O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan anʼanaviy Xitoy tibbiyoti madaniyati haftaligi bilan tabrikladi.