O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-161-son Qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda filial talabalariga zilzilaning sodir bo‘lishi sabablari hamda zilzila sodir bo‘lishidan oldin, zilzila sodir bo‘lganda va zilzila sodir bo‘lgandan keyingi harakatlanish qoidalari to‘g‘risida nazariy va amaliy tushunchalar berildi.