You are currently viewing Konferensiya ( 2-qismi)

Konferensiya ( 2-qismi)

TTA Termiz filialida “Nevrologiya va tibbiy psixologiyada innovatsion texnologiyalar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi qismi

Ushbu konferensiyada  respublika va xalqaro (Turkiya, Koreya, Belorussiya, Rossiya) miqyosda tanilgan  yuqori malakali nevrologlar bilan birgalikda neyroxirurglar, psixiatrlar va tibbiy psixologlar ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, konferensiyada yosh olimlar doirasida o’tkazilgan tanlovda Hindistonlik talabalar ham  o’zlarining dolzarb ilmiy mavzulari bilan faxrli o’rinlarni egallashdi.

Jumladan, TTATF xalqaro davolash fakulteti talabalari  Gholap Prerana Sunil va Basina Mushtaqning taqdimotlari barchada qiziqish uyg’otdi.

Shundan so’ng Turkiyalik professor Emel Ur Özçelik bn  Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi  o’zaro ilmiy o’quv faoliyatda  hamkorlikka kelishib olishdi.

Konferensiya yakunida mehmonlar Termiz shahrining qadimiy ziyoratgohlariga tashrif buyurdilar.