You are currently viewing Qat’iy tartib intizom – bugungi kun talabi

Qat’iy tartib intizom – bugungi kun talabi

Bugun TTA Termiz filiali direktori boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori F. Otamuradov so‘z olib qayerdaki, tartib-intizom mustahkam bo‘lsa, shu yerda ish unumi yuqori bo‘lishi, buning uchun xodimlarning tartib-intizomi, ishga kelib ketishi, qonunchilikka rioya etishi, poraxo‘rlik va tamagirlik holatlariga murosasiz bo‘lishi borasida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olganlar  inson hayoti davomida har kuni odob-axloq, tartib-intizomga rioya etmasdan hayot qonunlaridan tashqarida o‘zboshimchalik bilan yashaydigan bo‘lsa, albatta, qaysidir bir xatoga yo‘l qo‘yishi, ushbu xatosi uchun kimdir jamiyat oldida, kimdir jamoa oldida va yana kimdir qonun oldida javob berishi haqida fikrlar aytildi.

Yig’ilish so’ngida, xodimlar o’rtasida korrupsiya hamda jinoyatchilikni oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.