Xabaringiz bor, ayni kunlarda TTA Termiz filiali professor –o‘qituvchilaridan tarkib topgan delegatsiya a’zolari Xitoy xalq Respublikasining Sinzyan tibbiyot universiteti taklifiga binoan Xitoy xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Bugun ushbu delegatsiya a’zolari Sinzyan tibbiyot universiteti qoshida tashkil etilgan Xitoy ananaviy xalq tabobati markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif buyuruvchilar markazning nevrologiya, Otorinolaringologiya bo‘limlarida bo‘lib, u yerdagi xodimlar tomonidan dorivor o‘simliklardan dori tayyorlash kabi bir qator yangicha usullar bilan tanishishdi.