TTA Termiz filiali klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo’yicha talabgorlar uchun 2024-yilning 24-26-avgust kunlarida klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo’yicha kirish imtihonlari o’tkaziladigan bino:
📍Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo yicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning
Samarqand viloyati hududiy bo’limi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universtiteti (Manzil: Samargand viloyati, Samarqand shahri, Amir Temur ko’chasi, 18-uy, Samarqand davlat tibbiyot universtiteti bosh binosi) da tashkil etiladigan imtihon zalida o’tkaziladi.
📌 Test sinovi uchun 50 daqiqa vaqt ajratiladi, test sinovi davrida har bir testdan o’tuvchiga 50 ta savol berilishi, har bir savol bir balli tizimda baholanishi, maksimal ball 50 ballni tashkil etishi belgilab qo’yilgan.