You are currently viewing TTA Termiz filiali direktori hamda dekani Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment universitetida tashkil etilgan seminarda ishtirok etishdi.

TTA Termiz filiali direktori hamda dekani Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment universitetida tashkil etilgan seminarda ishtirok etishdi.

TTATF direktori F. Otamuradov va 1-davolash fakulteti dekani A. Sharipov joriy yilning 22-iyuldan 31-iyulgacha Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment universitetida «Oliy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalari: istiqbollari va oqibatlari» mavzusida bo‘lib o‘tgan intensiv kursda  ishtirok etishdi.

Seminar davomida prof. Mansoor Maitah Chexiya Respublikasidagi ta’lim tizimi hamda baholashda noobyektivlikni bartaraf etish va talabalarning baholash jarayonini yaxshilash, Jan Hucko, PhD o‘quv jarayonida zamonaviy texnologiyalar, ta’lim dasturlari va ilovalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida sun’iy intellektning kelajak istiqbollari, Petr Hajek, PhD ta’limda IT texnologiyalarining integratsiyasi mavzularida so‘z yuritishdi.

Seminar xalqaro hamkorlik va tarmoqni rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan ahamiyatli bo‘ldi.