Kuni kecha, TTA Termiz filialiga Hindiston Respublikasining O‘zbekiston elchixonasi vizalar bo‘yicha konsuli Shri Rajesh Badola hamda Hindistonning “Magnun educare” kompaniya direktori Surrender Sahani Singh tashrif buyurdi.
Nufuzli mehmonlarni filial direktori boshchiligidagi jamoa kutib olishdi. Shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar bilan filial majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Hindiston mamlakatidan kelib tahsil olayotgan talabalarni yangi o‘quv yilida kutib olish, talabalar turar joyi bilan ta’minlash kabi turli masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan TTATermiz filialida Hindistonning bir guruh san’atkorlari ishtirokida ma’naviy –ma’rifiy tadbir tashkil etish bo‘yicha fikr bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida: TTA Termiz filialida Hindiston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar 200 nafar bo’lib, yangi o‘quv yilida bu ko‘rsatkich yanada ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.