You are currently viewing Ilmiy kengash

Ilmiy kengash

Bugun TTA Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida filial direktori O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda boshlanishi arafasida turgan yangi o‘quv yili bilan filial jamoasini qutladi.

Shundan so‘ng, kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini munosib kutib olish, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, filialning yangi o‘quv yili uchun ish rejasi va tarkibini tasdiqlash hamda turli masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash yig’ilishida filial direktori o‘tgan o‘quv yilida ilmiy salohiyat 31,5% oshganligi, 7 ta tayanch doktorantura va 15 ta yo’nalish bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka kvota olinganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yakunda turli masalalar yuzasidan takliflar tinglandi. Uning ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq berildi.