You are currently viewing Yaxshi dam mehnatga hamdam

Yaxshi dam mehnatga hamdam

2023-2024-o‘quv yilida samarali mehnat faoliyatni olib borgan, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalarining bir qator psixologlari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun joriy yilning 26—29-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonlik tumani, “Yoshlar oromgohida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida «YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH VA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHALLANTIRISH» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Mazkur seminarda TTA Termiz filiali psixologi G. G’oziyeva ham faol ishtirok etdi

Oromgohga tashrif buyurgan mehmonlar ko‘tarinki kayfiyatda milliy va estrada yo‘nalishidagi ijod namunalari, raqs va qo‘shiqlari bilan kutib olindi. Mehmonlar oromgoh yotoqxonalari, oshxona, tibbiyot, ma’naviyat va ma’rifat xonasi va boshqa obyektlari bilan tanishdilar.