O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi orqali, Yaponiyaning Kioto Universitetining bir guruh professor – o‘qituvchilari tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kutubxonasiga xorijiy tibbiy darsliklar va tibbiy adabiyotlar beminnat yordam sifatida yuborildi.
TTA Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va memejment kafedrasi mudiri Rasulov Shomurod Maxmudovich bilan ilmiy hamkorlik qilib kelayotgan Yaponiyaning Kioto Universiteti doktoranti Jurayev Jasur Ravshanovich va Kioto Universitetining bir guruh professor – o‘qituvchilari tomonidan yuborilgan 80 dan ortiq kitoblar filial kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan kengaytirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo’ldi.