Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 147-son buyrugʻiga asosan vazirlik huzurida Taʼlim-fan jamoatchilik Kengashi tashkil etilgan boʻlib, kengash aʼzolari tomonidan oliy taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari oʻrganilmoqda.
Joriy yilning 7-sentabr kuni Kengash a’zosi To‘rayev Hayit Xudoynazarovich tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali oʻquv auditoriyalari, laboratoriyalar, talabalar turar joydagi sharoitlar, axborot resusrs markazi koʻzdan kechirilib, filialning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi.