Bugun TTA Termiz filialida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak vatanmiz” shiori ostida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tantanali marosimda filial direktori boshchiligidagi jamoa, talaba-yoshlar hamda birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota–onalari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda filial direktori F. Otamuradov so‘z olib, yangi o‘quv yilining barcha talaba va o‘qituvchilar uchun muvaffaqiyatli bo‘lishi, filialning yutuqlari va kelgusidagi rejalariga to‘xtalib, ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda talabalarga zamonaviy ta’lim berish yo‘nalishidagi islohotlar borasida fikr yuritdi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar tomonidan yoshlarning kelajagi, ertangi taqdiri, ularni sifatli ta’lim olishi uchun filialda barcha shart- sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlandi.
Tadbirdan so’ng, mustaqillik darslari olib borildi.