Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali dekan o‘rinbosarlari, psixologi, hamda tyutorlari ijarada turgan talabalarning yashash sharoitini o‘rganishdi.
O‘rganishlar jarayonida kuz qish mavsumiga tayyorgarlik, gaz va elektr jihozlaridan togʻri foydalanish ichki tartib qoidalariga amal qilish borasida tavsiyalar berildi.