Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida viloyat musiqali drama teatrining 90 yillik yubeliyi munosabati bilan teatr tomoshasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu teatr tomoshasida TTA Termiz filiali jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Unda buyuk nemis shoiri, dramaturgi, Fridrix Shillerning “Makr va muhabbat” dramasi asosida spektakl namoyish etildi.
Viloyat musiqali drama teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Makr va muhabbat” spektakli tomoshabinlarga o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.
Darhaqiqat, teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.