O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoshlarning mehnat munosabatlarga oid bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasa talabalari o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi o‘tkaziladi!
Tanlovning saralash bosqichiga 2024 yil 23 sentabr kuni start beriladi va internet tarmog‘idagi www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31 sentabriga qadar davom etadi.
Saralash bosqichi test shaklda bo‘lib, ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.
Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.
Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi.
Tanlovda g‘oliblar:
1-o‘rin: 1-yillik to’lov-kontrakt puli
2-o‘rin: yarim yillik to’lov-kontrakt pulini to‘lash;
3-o‘rin: noutbuk bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot +99 893 794 09 16
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi TTA Termiz filiali
- Post author:adm
- Post published:19.09.2024
- Post category:Elonlar / Yangiliklar
You Might Also Like
TTATF professor – o’qituvchilari hamda talaba – yoshlari
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida iqtidorli va iste’dodli talaba – yoshlarni erishgan yutug‘lari bilan taqdirlash jarayonidan foto lavhalar