Ayni kunlarda TTA Termiz filiali direktori boshchiligidagi delegatsiya Moskvada bo‘lib, Rossiya federatsiyasining tibbiyotda simulyatsion o‘qitish jamiyatiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida filial direktori F.Otamuradov ROKOMED – Rossiya federatsiyasining tibbiyotda simulyatsion o‘qitish jamiyati raisi Колыш А.Л. bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda TTA Termiz filialiga Rossiya federatsiyasining tibbiyotda simulyatsion o‘qitish jamiyati tomonidan maktab yoshidagi bolalarni favqulodda holatlarda tez yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid jihozlar bilan ta’minlash borasida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida simulyatsion ko‘nikmalar to‘g‘risida o‘quv adabiyotlar tayyorlash haqida ham so‘z yuritildi.
Uchrashuv so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasa o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolanishi borasida kelishuvga erishildi.