You are currently viewing Surxondaryoda kaliforniya chuvalchangidan kasalliklarga qarshi zardob ishlab chiqarilmoqda

Surxondaryoda kaliforniya chuvalchangidan kasalliklarga qarshi zardob ishlab chiqarilmoqda

    Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’tirof etilgan kaliforniya chuvalchangidan kasalliklarga qarshi zardob ishlab chiqarilishi TTA Termiz filiali o’qituvchisi tomonidan amalga oshirilmoqda.
    Kuni kecha dotsent Z A Nurova innavatsion rivojlantirish agentligi direktori Rajabboyev Sharof Raximberdiyevich bilan o’tkazilgan suhbatda «Odam kasalliklariga qarshi Nurzam zardobi va Azamzar» krem mazini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish borasida fikr bildirildi.

    Bu preparatlar Surxondaryo va Qashqadaryoda uchraydigan leyshmanioz (pashshaxurda yoki yomon yara) ni ,xar-xil teri toshmali, gepatit AvaB, kasalliklarni oldini olishda samarali davo usuli ekanligini hamda patent, ixtiro muallifligini olganligi eng yuqori nitijadorligini isbotladi.
      Filial оlimasi Nurova Z A ni kelgusidagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.