Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filial korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan filial “Talaba yoshlar” klubi a’zolariga seminar-trening o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-son Bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilgan seminar treningda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirish va ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.