Bugun, 30-sentyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliygohimizda taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog-xodimlarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Tadbir davomida filialning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan oliygoh hududiga tashrif buyurgan barcha professor- o’qituvchilarga bayram tabrigi bitilgan tabriknoma hamda gul taqdim etilib, munosib kutib olindi.
Siz, aziz ustozlarni kasb bayramingiz bilan samimiy qutlaymiz!