You are currently viewing TTA Termiz filialida 1-oktabr – «Oʻqituvchi va murabbiylar» kuni yuqori kayfiyatda nishonlandi.

TTA Termiz filialida 1-oktabr – «Oʻqituvchi va murabbiylar» kuni yuqori kayfiyatda nishonlandi.

    Bayram dasturida taʼlim sohasida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan bir qatorda barcha professor-oʻqituvchilar, xodimlar ishtirok etishdi.
     Tadbirda filial direktori, F. Otamuradov so‘z olib, ustozlarga samimiy tilak bildirdi. Barcha ustozlarning sharafli va mashaqqatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

    Tadbirda samarali hamda fidokorona mehnatlari uchun bir guruh professor-oʻqituvchilar taqdirlanishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi «Veteran» jangchi faxriylari birlashmasi Surxondaryo viloyati bo’limi tomonidan bir guruh professor-o’qituvchilarga medal va guvohnomlar topshirildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
   Bayram tadbirida viloyat madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan jamoaning konsert dasturi yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.