You are currently viewing TTA Termiz filiali «Yil talabasi -2024» tanloviga start beradi!

TTA Termiz filiali «Yil talabasi -2024» tanloviga start beradi!

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Nomzodlarning ariza va hujjatlar to‘plami «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi» (http://t.me/ttatf_karimova) da 25-oktabrga qadar qabul qilinadi!
Fakultet bosqichi joriy yilning 5-noyabr kuni va filial bosqichi 10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Yil talabasi” tanlovi nizomi  bilan Iqtidorli talabalar rasmiy kanalida tanishing!