Yig’ilish avvalida o’z faoliyatini yaxshi olib borgan professor-o’qituvchilar, faxriy yorliq hamda tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi
Filialning professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etgan kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Filial kafedralarida o‘quv jarayonida HEMIS tizimini yuritilishi va faoliyati bo‘yicha hisobot
Talabalarni turar joylar bilan ta’minlash va yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida.
Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash.
Shuningdek, dissertatsiya, monografiya, o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini va ilmiy tadqiqot ishlar natijalarini amaliyotga tatbig‘ini tasdiqlash borasida ma’ruzalar tinglandi.
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.