You are currently viewing TTA Termiz filiali talabalari qasamyod qabul qildi.

TTA Termiz filiali talabalari qasamyod qabul qildi.

   Bugun Termiz shahridagi muhtasham sana‘t saroyida TTA Termiz filiali 1-bosqichiga qabul qilingan yigit -qizlar ishtirokida «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri o‘tkazildi.
    TTA Termiz filiali tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda filial rahbariyati, professor – o‘qituvchilari va 800 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.

  Tantanali marosimda filial direktori tibbiyot fanlari doktori F.Otamuradov barcha tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan samimiy muborakbod etdi.

   Shundan so‘ng, davlat madhiyasi tadbirga o‘zgacha fayz berib yangradi.
   Tadbirning badiiy qismidan oldin tibbiyot otasi Abu Ali ibn Sino haqida ma‘lumot berib o‘tildi.

   Marosimda talaba-yoshlar tomonidan Gipokrat qasamini o‘qib eshittirilishi va 1-bosqich talabalari tomonidan «Qasamyod qilaman» deya baralla aytilishi yig‘ilganlarni to‘lqinlantirdi.

    Termiz shahridagi muhtasham sana‘t saroyida TTA Termiz filiali 1-bosqichiga qabul qilingan yigit -qizlar ishtirokida «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirining badiiy qismi ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

   Ayniqsa, 1-bosqich talabalari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot qoldirdi.
   Tantanali marosim kuy, qo‘shiq raqslarga ulanib ketdi.
    Bayram tadbiri nafaqat birinchi bosqich talabalarini balki ularning ota-onalariga ham yuqori kayfiyat ulashdi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tomonidan tashkil etilgan «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirining yakuniy qismidan foto reportaj.