You are currently viewing Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

    Bugun 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana munosabati bilan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan xiyobon vohadoshlarimiz, turli tashkilotlarning vakillari bilan gavjum boʻldi.

    Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori boshchiligidagi jamoa ham faol ishtirok etishdi.

    Tantanali marosimda ona tilimizni jahon miqyosida ulugʻlashga katta hissa qoʻshgan zot, alloma shoir bobomizga hurmat va ehtirom ramzi sifatida ulugʻ shoir haykali poyiga gullar qoʻyildi.