You are currently viewing TTA Termiz filiali talabasi “Kitoblararo 80 kun” marafonida g‘olib bo‘ldi.

TTA Termiz filiali talabasi “Kitoblararo 80 kun” marafonida g‘olib bo‘ldi.

   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oyina.uz portali hamkorligida o‘tkazilgan “Kitoblararo 80 kun” marafonida jami 36 026 nafar ishtirokchi qatnashdi.
   Marafonning uch bosqichida “Turkiston qayg‘usi”, “Atom odatlar”, “Lolazor”, “Qora kitob”, “Alpomish” dostoni va “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarlarini mutolaa qilib, test sinovlarida namunali natija ko‘rsatgan 84 nafar kitobxon marafonning final bosqichiga o‘tkazildi.

    Final bosqichida TTA Termiz filiali pediatriya fakulteti talabasi Xayitov Akbar ham ishtirok etib ro‘yxatning 20 taligida o‘rin olib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Filial talabasi Xayitov Akbarning bundan keyingi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.