Inson manfaatlari ustuvor yurt
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Surxondaryo viloyatida aholi salomatligini ta’minlash borasidagi islohotlar natijasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tibbiyot sohasi bo‘yicha mutaxassislar, viloyat Kengashi deputatlari, talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirish, aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirish hamda salomatligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.