Joriy yilning 5-dekabrida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Xirurgik kasalliklar va oilaviy shifokorlikda xirurgiya” hamda “Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi” kafedralari tashabbusi bilan “Umumiy xirurgiya va xirurgik kasalliklarning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Ushbu konferensiyada filial professor- o’qituvchilari bilan bir qatorda respublikamizning oliy ta’lim muassasalarining soha mutaxassislari yetakchi olimlar ishtirok etishdi.
Anjuman yetakchi olimlar uchun tajriba almashish, talaba – yoshlar uchun esa mahorat maktabi bo’lishi bilan ahamiyatli bo’ldi.