O‘zbekiston respublikasi madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi jamoa hamda Termiz shahar Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qoʻmondonligiga qarashli 11506- harbiy qismining faxriy qorovuli, orkestir jamosi ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar qonunlarning jamiyat hamda inson hayotidagi ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida fikr-mulohazalar bildirildi.