Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Yong’in xavfsizligi oyligi» doirasida soha mutaxassislari tomonidan o’quv amaliy seminari hamda talabalar turar joyida shartli ravishda sodir bo’lgan favqulodda vaziyat va yong’inni bartaraf etish mavzusida kunduzgi maxsus taktik o’quv mashqi o’tkazildi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talaba-yoshlarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, bunday holatlarda to’g’ri harakat qilish ko’nikmalarini oshirishdan iboratdir. “Yong’in xavfsizligi oyligi» doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.