Kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalarining V Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Unda Germaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi yigirmaga yaqin davlatlarning yuzdan ziyod universitetlarida tahsil olayotgan talabalar oflayn hamda onlayn formatda ishtirok etishdi.
Ushbu xalqaro olimpiadada TTA Termiz filiali talabalari ham qatnashib, filialning quyidagi talabalari faxrli o‘rinlarni egallashdi.
Mirzaumarova Farangiz 4- kurs talabasi patalogik fiziologiya fani 3-o’rin
Qurbonboyeva Dilnoza 3-kurs talabasi Biokimyo fanidan 3-o’rin
Raxmatullayeva Shaxlo 4-kurs talabasi Endokrinologiya fani 3-o’rin