Zamondosh shoir va yozuvchilar, adabiyot darg‘alari respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida barcha oliy va umumta’lim dargohlarida yoshlar bilan uchrashmoqdalar. Ma’rifat karvoni TTA Termiz filialiga yetib keldi.
Filial rahbariyati, professor o‘qituvchilar va talabalar doirasida shoir, jurnalist va tarjimon “Do’stlik” ordeni sohibi Aziz Said, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Orif To’xtash hamda Isomiddin Po’latovlarni ko‘tarinkilik bilan kutib olishdi.
Tashrif chog‘ida mehmonlar filial bog‘iga yangi nihol ekib, oliygoh uchun ko‘p yillar xizmat qila oladigan esdalik qoldirdi.
“Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida filial ARMda ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy suhbat davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga ijodkorlar tomonidan javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan ahamiyatlidir.