You are currently viewing Tabrik

Tabrik

Yangi yil tabrigi.

Assalomu alaykum aziz hamkasblar, talaba-yoshlar, qadrli yurtdoshlar. 

Vaqt o‘z kapgirini tinimsiz aylantirib, mana ko‘z ochib yumguncha daqiqalar, soatlar, kunlar, oylar o‘tib, 2024-yil bilan xayrlashib, 2025-yilni kutib olish taraddudidamiz.

Yangi yil yaqinlashganida inson ortga nazar tashlab, o‘tgan yilni beixtiyor sarhisob qila boshlaydi.

2024-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali uchun mazmunli, yutuqlarga boy bir barakali yil bo‘ldi, desam yanglishmagan bo‘laman.

Birgina filialda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institut tashkil etilishini alohida aytib o‘tmoqchiman. Joriy yilning yakuni bo‘yicha 13 ta ixtisoslikka jami 38 nafar mustaqil izlanuvchilar, 7 ta ixtisoslikka 9 nafar tayanch doktorantlar o‘qishga qabul qilindi.

2024 yilda 2 ta doktorlik, 9 ta fan nomzodi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar dissertatsiya ishlarini muvofaqiyatli himoya qilishdi. 1 ta professorlik hamda 3 ta dotsentlik ilmiy unvonlari olindi.

Bu ko‘rsatgich 2023 yilga nisbatan 5 taga oshdi hamda 2025 yilda ilmiy salohiyatni 45 % ga yetkazish uchun 18 nafar fan nomzodi, 2 nafar doktorlik himoyalari rejalashtirilgan. 

2024 yilda Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarning yechimiga bag‘ishlangan jami 16 ta ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tdi, shundan 10 tasi xalqaro va 6 tasi Respublika miqiyosida o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy mamlakatlarga borib tajriba almashishi, talabalarimizning xalqaro olimpiadalarda faol ishtiroki hamda munosib o‘rinlarga egallashi ham filial nufuzini oshirib kelmoqda. 

Filialda sport, san’at, madaniyat sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Bu erishilgan yutuqlarning barchasida filial jamoasining o‘rni bor. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar oldinda. Buning uchun barcha yakdillik bilan harakat qilsa ko‘p muvaffaqiyatlarga erishamiz. 

2025-yil barchamiz uchun omadli, fayzu-barakaga to‘la yil bo‘lib kelsin. Hammalaringizga oilaviy xotirjamlik, farovon turmush hamda nimaiki orzu niyatlaringiz, maqsadlaringiz bo‘lsa, 2025-yilda amalga oshishini tilab qolaman.

Yangi yil yangi orzular, yangi zafarlar yili bo‘lib, barchamizga muborak bo‘lsin. Yana bir bor yangi yilingiz bilan tabriklayman.  


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Otamuradov Furqat Abdukarimovich