TTA Termiz filialida davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, noqonuniy savdolarni amalga oshirilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan filial moliya-xo‘jalik faoliyatiga mas’ul tuzilma xodimlari bilan davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha, mutassadi tashkilot mutaxassisi Surxondaryo viloyati raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish hududiy boshqarmasi ma’sul xodimi Qodirov Ma’ruf tomonidan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningda ishtirokchilarga davlat xaridlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda ularning oldini olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga atroflicha javob berildi.