Kuni kecha, Termiz shahridagi yoshlar markazi binosida shaxmatni ommaviy harakatga aylantirish maqsadida “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” shiori ostida Oliy va professional ta’lim muassasalarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shaxmat buyicha Viloyat xokimi kubogida TTA Termiz filiali talabalari qatnashib, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Xushboqov Olmos 1-o‘rin, Choriev Dilshod 3-o‘rin, qizlar o‘rtasida Chorshanbieva Laylo 2-o‘rinni egalladi.
Umum jamoa hisobida TTA Termiz filiali jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumani hokimligi majlislar zalida «Hokim va yoshlar» uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘ngida «Surxondaryo viloyati hokimi — viloyat Shaxmat federatsiyasi raisi kubogi» uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
G‘olib bo‘lgan TTA Termiz filiali talabalrining bundan keyingi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.