Kuni kecha Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ROSOMED mutaxassislarining treningi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent, Samarqand, Termiz, Xorazm va Nukus shaharlaridan 23 nafar professor-o’qituvcholar “Simulyatsion o’tishga tayyorlash bo‘yicha mutaxassis” mini kursiga tashrif buyurib, ayrim mavzular bo‘yicha amaliyotda ishladi.
Barcha ishtirokchilar Rossiya tibbiyotda simulyatsiya treningi jamiyati tomonidan oʻquv kurslarini tamomlaganliklari toʻgʻrisida sertifikatlar oldilar.