You are currently viewing Prezident topshirigʻi ijrosi Ishchi guruh faoliyati

Prezident topshirigʻi ijrosi Ishchi guruh faoliyati

000

  Maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgan edilar.
  Hozirda mazkur taqdimotda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda oʻrganish ishlari davom etmoqda.

000

Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ushbu Respublika ishchi guruhi TTA Termiz filialida oʻrganish ishlarini olib bormoqdа.

000

O‘rganish davomida o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, moddiy-texnik ta’minot, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar, takliflar ishlab chiqildi.