Joriy yilning 28-yanvarida viloyat oila va xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi «Ayol ma’rifati» ilmiy-ijodiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan «Ayol-taraqqiyot timsoli» mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiyada viloyatimizda turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan olima ayollar ishtirok etishdi.
Anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham qatnashishdi.
Tadbirda so‘z olganlar ma’rifatli ayol farovon jamiyatning tayanchi ekanligi, u nafaqat o’zining bilim va tajribasi bilan, balki jamiyatda ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga olib keladigan, yangi avlodni tarbiyalovchi, yuqori axloqiy qadriyatlarni targ’ib qiluvchi shaxs bo‘lishi, ma’rifatli ayol jamiyatni rivojlantirishda va undan yanada yaxshi qilinishida muhim rol o’ynashi borasida fikr yuritishdi.