Joriy yilning 23-oktabr kuni Termiz shahar 1-son o’rta umumta’lim maktabi hamda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida, 8-sinf o’quvchilari, biologiya fani o’qituvchilari Homidova D.S. va Xudoyberdiyeva M.Sh lar ishtirokida ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiyada Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbariyati hamda malakali ustozlar institut hayoti va dars jarayonlari to’grisida qiziqarli ma’lumotlar berib o’tishdi.
TTA Termiz filialiga Termiz tumaniga qarashli 29- maktabning 8-9-sinf o’quvchilari, o’qituvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari tomonidan filial faoliyati, dars jarayonlari, axborot resurs markazidan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Bu kabi ekskursiyalar oq’uvchilarda tibbiyot sohasiga qiziqishi bilan ahamiyatli bo’ldi.