You are currently viewing “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

000

   Tadbirda TTA Termiz filiali profilaktika inspektori M.O.Qamariddinov, filial psixologi G.Goziyeva, Davolash fakulteti dekan orinbosarlari F.N.Xaitov va A.G`oziyeva, Qalqon guruhi koodrinatori O.Bashirovlar  hamda filial talabalar ishtirok etishdi.
  Uchrashuv davomida yoshlarni giyohvandlik balosidan ogoh etish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

000

  Tadbir ishtirokchilari bu borada samarali yo‘llar va profilaktik choralarga e’tibor qaratib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhimligi, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish haqida fikr almashdi.