Bugun TTA Termiz filialiga Top 300 talik qatoridagi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti Dorivor o‘simliklar ilmiy tadqiqot markazi direktori, professor, tibbiyot fanlari nomzodi Jenis Janar tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va akademik harakatchanlikni o‘tkazish borasida master klas tashkil etishdir. Tashrif davomida professor Jenis Janar TTA Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov bilan oliygohlar aro hamkorlik borasida suhbat bo’lib o’tdi.
Bundan tashqari professor Jenis Janar filialning tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri N.Muzaffarova hamrohligida filialning Hindiston mamlkatidan kelib tahsil olayotgan talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.