4 / 100 SEO Score

Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil  5-martdagi 172-sonli qarori bilan Toshent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tashkil etilgan bo‘lib, filial tashkil etilganda jami 3 ta kafedra faoliyat yuritgan. Hozirda kafedrada o‘qitilayotgan tibbiy kimyo va biologik kimyo fanlari o‘sha vaqtda 1-tibbiy-biologik fanlar kafedrasi tasarrufida bo‘lgan. 2021-2022 o‘quv yilida ushbu fanlar Davolash fakultetining Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi tarkibida bo‘lgan. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab esa tibbiy kimyo va biologik kimyo fanlari Pediatriya fakultetining Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi tarkibida faoliyat olib bormoqda.
Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi 1-о‘quv binosi 1-qavatda joylashgan. Kafedrada o‘quv reja bo‘yicha davolash ishi, pediatriya ishi va halq tabobati ta’lim yo‘nalishlariga 1-bosqichda tibbiy kimyo, 2-bosqichda esa biologik kimyo fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.
2021-2022 o‘quv yilidan kafedrada Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ochilgan “davolash ishi” va “pediatriya ishi” qo‘shma ta’lim dasturi talabalariga kimyo va analitik tadqiqot usullari fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
2022-2023 o‘quv yilidan kafedrada Hindiston Respublikasidan kelib tahsil oluvchi xorijiy talabalarga tibbiy kimyo fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Hozirda kafedrada jami 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shundan, 6 nafari asosiy va 19 nafari o‘rindoshlik asosida. Shuningdek, kafedrada 4 nafar xorijiy (Tojikiston va Qozog`iston) professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedraning ilmiy salohiyati – 50 %.

Facebook
Telegram
Hamkorlik

«Tibbiy va biologik kimyo» kafedrasining  ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedra jamoasi

Kafedra mudiri

Muzaffarova Nazokat Sharabovna
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Biologiya fanlari nomzodi

Kimsanov Abdugafur Buriyevich
Biologiya fanlari nomzodi

Assistent

Amanova Dilshoda Uktamovna
Assistent

Assistent

Xayitova Javhar Murataliyevna PhD
Assistent

Assistent

Abdullayev Mahmud Xo‘jaqulovich
Assistent

Assistent

Safarova Sayyora Rustamovna
Assistent

Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:

 

1.Muzaffarova Nazokat Sharabovna(DsC)-02.00.14   To‘qimachilik materiallarining xossalarini yaxshilash uchun antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasini ishlab chiqish.

2.Pardayev Otabek To‘xatamishevich(DsC)-02.00.11. Kaolinlami maqsadli mahsulot olish bilan metall sifatli glinozemga qayta ishlash texnologiyasi

3.Bozorova Mahbuba Ishquvvatovna(PhD)-02.00.01, 02.00.04 Levofloksatsinning kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari

4.Xaydarova Zubaydaxon Esanbayevna(PhD)-02.00.14 Tarkibida kislorod va fosfor bo’lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish va ularning qo’llanilishi