TTA Termiz filialida “Direktor va yoshlar uchrashuvi”, ochiq muloqotlar davom etmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri bugun filial axborot resurs markazida bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda TTA Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov talabalarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rniga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek uchrashuvda filial direktori Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti hamda sport masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Ochiq muloqotda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi, fikr va takliflar tinglandi. Bunday muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni kelajakdagi rivojlanish yo‘liga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Direktor va yoshlar uchrashuvi: yutuqlar,faollik va intilish
- Post author:adm
- Post published:21.02.2025
- Post category:Madaniy-ma’rifiy tadbirlar / Yangiliklar
You Might Also Like
Talaba minbari
Kecha, 2023 yil 15 noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdi.