TTA Termiz filiali direktori boshchiligidagi ishchi guruh filial talabalarining yashash sharoitini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida filial direktori F.Otamuradov talaba -yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Suhbatda yoshlar o‘zlarining qiziqishlari va oldilariga qo‘ygan maqsadlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Suhbat davomida filial direktori bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi, talabaning eng asosiy vazifasi o‘qish ekanligini alohida ta‘kidladi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlariga yaratilgan qulaylikdan mamnunligi, bunga javoban doimo o‘qish va izlanishda bo‘lishlarini aytib o‘tishdi. Bu uchrahuv yoshlar uchun motivatsiya berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.