You are currently viewing Ijtimoiy ma’naviy muhitni o’rganish

Ijtimoiy ma’naviy muhitni o’rganish

12 / 100 SEO Score
Ijtimoiy manaviy muhitni organish

Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda bu boradagi faoliyatni takomillashtirish bo’yicha mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda respublika ishchi guruhi tomonidan o’rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
TTA Termiz filialida respublika ishchi guruhi tomonidan filialda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
O’rganishda asosan, ma’naviy muhit, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga e’tibor qaratildi

Ijtimoiy manaviy muhitni organish

Ishchi guruh tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili, din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’uli, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddisi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi vakili ishtirok etishdi.