Rossiya mamlakatining Nijniy Novgorod shahri Privoljsk tibbiyot universiteti hamda TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari filialga biriktirilgan Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi. Tashrif byuruvchilar texnikum faoliyati, dars jarayonlari bilan tanishishdi. Shundan so‘ng, Privoljsk tibbiyot universiteti hamda filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamshiralari bilan uchrashuv tashkil qilindi.